Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:08 / 12.07.2017
11056
1 daqiqa o‘qiladi
Lukashenko: belaruslar rus tilidan hech qachon voz kechmaydi
Rus tili – Belarus milliy boyligi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko chorshanba kuni Minskdagi Butunjahon rus matbuoti kongressida chiqish qilib, aytib o‘tgan.
"Rus tili – bu bizning milliy boyligimiz, u Belarusda davlat tili maqomiga ega, bu referendumda hal etilgan", - dedi Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "rus tilini yo‘qotish – bu tarix, hozirgi davr va kelajakni yo‘qotishdir".
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish