Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada yana momaqaldiroq, do‘l va kuchli yomg‘ir kutilmoqda
Moskvada yaqin soatlar ichida yana momaqaldiroq, do‘l va kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya FVVning shahar bo‘yicha bosh boshqarmasi xabar berdi.
«Moskvada yaqin soatlar ichida, 12 iyul kuni kunduzi va kechqurun, 13 iyul kuni kechasi va ertalab kuchli yomg‘ir, momaqaldiroq, do‘l kuzatiladi. Shamol soniyasiga 15-20 metr tezlikda esadi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, transport harakati murakkablashishi, elektr uzatish liniyalarida uzilishlar bo‘lishi, daraxtlar va reklama to‘siqlari qulashi mumkin.
Qutqaruvchilar noqulay ob-havo paytida binolar ichida, ko‘chada esa daraxtlardan uzoqroqda bo‘lishni tavsiya etishgan.
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026