Jamiyat | 00:59 / 12.07.2017
14906
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda xonadonda bo‘la turib, o‘g‘irlik qilgan shaxs ushlandi

2017 yilning 9 iyul kuni taxminan soat 06:00 larda Ilhomjon Rasulov o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Bektemir tumani hududida fuqaro Sabohat Xalilovaning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) xonadonida bo‘la turib, unga tegishli bo‘lgan jami 1.850.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlagan, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB.
 
Mazkur holat yuzasidan, Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid