Jahon | 18:44 / 12.07.2017
4430
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada IShIDga aloqadorlikda gumonlangan 230 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

Turkiya xavfsizlik kuchlari IShID terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumonlangan 233 kishini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Turkiya xavfsizlik bosh boshqarmasi.

"Mamlakatning 29 viloyatida o‘tkazilgan amaliyotlar davomida IShIDga aloqadorlikda gumonlanayotgan 233 kishi qo‘lga olindi. Amaliyotlar paytida qo‘lga olingan 25 nafar xorijlik fuqaro hududiy migratsiya boshqarmalariga topshirildi", - deyiladi xabarda.

Avvalroq Turkiya markaziy qismidagi Koniya viloyati ma'muriyati, qo‘lga olish jarayoni chog‘ida otishma yuz bergani, unda IShIDning besh nafar ehtimoliy jangarisi yo‘q qilingani hamda to‘rt politsiyachi yaralanganini xabar berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid