Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichkilikning ayanchli oqibati – uka akasining qotiliga aylandi
2017 yilning 7 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Fomenko Yevgeniy o‘z xonadonida mast holatda akasi Fomenko Valeriy bilan janjallashib qolgan. Yevgeniy g‘azablangani ortidan oshxona pichog‘i bilan akasining ko‘krak qafasi va tanasining boshqa joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida Doniyor Toshxo‘jayevning ma'lum qilishicha, jabrlanuvchi olgan jarohatlaridan kasalxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni vaqtda Fomenko Yevgeniyga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
16:48 / 15.05.2026
“Kichik yo‘lda 120 km/soat tezlikda haydadi” – Xorazmda mast holda mashina boshqargan IIB xodimi YTHga uchradi
17:53 / 11.05.2026