Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyalik vazir: Yevropadagilar Erdo‘g‘anni diktator sifatida ko‘rsatishga urinmoqda
Turkiyada mamlakat bosh vaziri devoni huzuridagi matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan 2016 yilning 15 iyul voqealariga bag‘ishlangan media tur doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Unda Turkiya oila va ijtimoiy siyosat vaziri Fotima Betul Sayom Kayya ham ishtirok etdi. Bu haqda tadbirda qatnashgan Kun.uz muxbiri xabar bergan.
Vazirning jurnalistlar bilan uchrashuvda ma'lum qilishicha, davlat to‘ntarishiga urinish yuz bergan kechada u mamlakat parlamenti binosida bo‘lgan va ertalabki vaqtlarga qadar o‘sha yerda qolgan. Shuningdek, u bir guruh deputatlar bilan parlamentga qarab ketayotganda o‘qqa tutilganini ham ma'lum qildi. Ular parlamentda to‘ntarishga urinish holati qoralangan deklaratsiyani qabul qilishgan.
To‘ntarishga urinish holati bostirilganidan so‘ng, ertalab u oila va ijtimoiy siyosat vaziri sifatida halok bo‘lganlar hamda jabrlanganlar oilalari bilan uchrashgan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kecha demokratiya erkinligi, konstitutsiyaviy tartibni tiklash, milliy o‘zlikni anglash nuqtai nazaridan juda muhim bo‘lgan. “Turkiya so‘nggi 15 yil davomida juda muhim islohotlarni o‘tkazdi. Hamda bu holat o‘sha islohotlarni “bo‘g‘ib qo‘yish” bo‘yicha urinish edi. Biroq, islohotlar kursi davom ettiriladi”, - degan Fotima Betul Sayom Kayya.
Bundan tashqari, vazirning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Yevropaning qator davlatlari hech qanday qo‘llab-quvvatlovni amalga oshirmagan, aksincha, ular hodisa nima bilan yakun topishini kutishgan. Xuddi shunday holat Niderlandiyaga tashrif chog‘ida ham kuzatilgani aytildi. Vazir Niderlandiyada yashovchi turk fuqarolari bilan referendum masalasi bo‘yicha uchrashishi lozim bo‘lgan, biroq uni Turkiya elchixonasiga kiritishmagan. “Yevropada Kurdiston ishchi partiyasi tarafdorlariga miting o‘tkazishga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, ular Erdo‘g‘anni diktator sifatida ko‘rsatishga urinmoqda. Ammo bu xato bo‘lishiga qaramay, biz hamkorlikdan voz kechganimiz yo‘q”, - degan vazir.
Mavzuga oid
20:08
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026