Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:49 / 13.07.2017
10988
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina sobiq bosh vaziri mamlakatda hokimiyat o‘zgarishini bashorat qildi
Foto: RIA "Novosti"
Ukraina sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov mamlakatda yaqin kelajakda hokimiyat o‘zgarishi yuz berishi mumkinligi haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Izvestiya» gazetasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pyotr Poroshenko rejimi yaqinda «barbod bo‘ladi».
«Hammasi Pyotr Poroshenko rejimi yakun topishiga qarab ketmoqda, yaqinda o‘zgarishlar yuz berishi ehtimoli bor», - dedi u.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatga qaytish haqida o‘ylamoqda, biroq hozircha bunga sharoit yo‘q.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish