Jahon | 18:00 / 14.07.2017
34500
2 daqiqa o‘qiladi

Shubhali xushomad. Tramp Makronning rafiqasiga nima dedi?

AQSh prezidenti Donald Tramp Parijga tashrifi davomida Fransiyaning birinchi xonimi Brijit Makron bilan suhbat vaqtida uning qomatiga baho berdi.

Internetda tarqalgan videoda AQSh va Fransiya prezidentlari Nogironlar uyidagi qabul marosimidan so‘ng o‘z rafiqalari bilan suhbatlashib turganini ko‘rish mumkin.

«Vaqtni yaxshi o‘tkazinglar, xonimlar», — deydi Tramp rafiqasi Melaniya Tramp va uning yonidagi Brijit Makronga. 

Shundan so‘ng u mezbon davlatning birinchi xonimiga yuzlanadi: «Siz juda yaxshi formadasiz. Vaqtingiz chog‘ bo‘lsin».

U yonidagi Fransiya prezidentiga ham rafiqasi go‘zalligini aytadi: «Uning qomati juda yaxshi».

Trampning bu so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda feministlar tomonidan tanqid qilinmoqda. Ularning hisoblashicha, qomatga urg‘u qaratish - «haddan oshishdir».

Tramp Makron huzurida mehmonda: AQSh va Fransiya do‘stligi yana buyuk bo‘ladimi?

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid