Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: uzoq ish kuni yurak kasalliklarini keltirib chiqaradi
Yirik tadqiqot xulosalariga ko‘ra, uzoq ish kuni yurak kasalliklari va sog‘liq bilan boshqa muammolarga olib keladi. Natijalar European Heart Journal jurnalida e'lon qilindi.
Londonning Universitet kolleji epidemiologlari ishda o‘tkazilgan vaqt miqdori va yurak xastaligi o‘rtasidagi bog‘liqni aniqlash maqsadida o‘rta yoshdagi 85,5 ming kishining ma'lumotlarini yig‘ishdi. Ular Buyuk Britaniya, Daniya, Shvetsiya va Finlandiyadan bo‘lishgan. Tadqiqot ishtirokchilari ish kuni davomiyligi bo‘yicha guruhlarga ajratildi. O‘n yillik kuzatuvlarga ko‘ra, haftasiga 55 soatdan ortiq ishlaydigan ishtirokchilarda aritmiyaning (yurakning notekis urishi) rivojlanish xavfi boshqalarga qaraganda 40 foizga ko‘proq bo‘lgan.
Bundan tashqari, ko‘p ishlash ortiqcha vazn, qon bosimining oshishi, chekish bilan ham bog‘liq ekan. Bu omillarning bari aritmiyaning rivojlanishiga turtki beradi. Aritmiya insult xavfini besh barobarga oshiradi, shu sababdan tadqiqotchilar haddan tashqari ko‘p ishlamaslikni tavsiya etishmoqda.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
02:09 / 09.03.2026