Jahon | 09:48 / 14.07.2017
3572
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada muxolifat yetakchilaridan biri qo‘lga olindi

Venesuela huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari “Milliy iroda” muxolifat harakatining Karabobo shtatidagi yetakchilaridan biri Karlos Graffeni qo‘lga olishdi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Graffe Valensiya shahrida razvedka xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirgi paytda uning qayerda ekani noma'lum.

“Biz “Xalq irodasi”ning Karabobodagi rahbari Karlos Graffe o‘g‘irlab ketilgani haqida ma'lum qilamiz. Ular 16 iyul kungi referendumni to‘xtata olishmaydi”, - deya yozdi Milliy assambleya vitse-spikeri Freddi Gevara Twitter’da.

16 iyul kuni muxolifat xalq referendumini o‘tkazishni mo‘ljallamoqda, unda ta'sis yig‘ilishi chaqirishning qonuniyligi va Venesuelada saylovlar o‘tkazish imkoniyati masalasi ko‘tariladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid