Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistonda rus tiliga rasmiy maqom berish bo‘yicha rejalar yo‘q
Armaniston parlamentining tashqi aloqalar bo‘yicha doimiy komissiyasi rahbari Armen Ashotyanning ma'lum qilishicha, Yerevan kun tartibida rus tiliga mamlakatda rasmiy maqom berish masalasi yo‘q. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
«Bizning kun tartibda rus tiliga rasmiy maqom berish, buni konstitutsiyada mustahkamlash qo‘yish bo‘yicha masala yo‘q va yaqin orada bo‘lmaydi», - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin bilan uchrashuv ochiq kayfiyatda bo‘lib o‘tgan.
«Rus tilini butunjahon ahamiyatiga ega tillardan biri sifatida ko‘ramiz», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Mavzuga oid
09:58 / 23.05.2026
Rossiya bozorida arman mahsulotlariga taqiqlar kuchaymoqda
10:42 / 11.05.2026
Armaniston Rossiyadan “kindigini uzyaptimi”?
20:05 / 06.05.2026
Hatto Zelenskiy ham keldi: Yerevandagi sammitlar nimadan darak?
22:26 / 20.04.2026