Jahon | 14:32 / 17.07.2017
6382
1 daqiqa o‘qiladi

YeI Suriyadagi kimyoviy hujumlar tufayli qator shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritdi

Foto: AFP

Yevroittifoq Suriyaning 16 fuqarosiga qarshi sanksiyalarni kiritish haqida qaror qabul qildi. Ular mamlakatdagi kimyoviy hujumlarga aloqador ekani aytilmoqda.

«Kengash 16 shaxsni ro‘yxatga kiritdi, ularga qarshi YeIning Suriyadagi rejimga nisbatan harakatda bo‘lgan cheklov choralari yo‘naltirilgan. YeI bu 16 kishini, ular oddiy fuqarolarga qarshi kimyoviy qurolni ishlab chiqish va qo‘llashda ishtirok etganlari tufayli ro‘yxatga qo‘shdi», - deyiladi YeI Kengashi qarorida.

Ta'kidlanishicha, ro‘yxatga sakkiz nafar yuqori mansabli harbiy xizmatchi va sakkiz nafar olim kiritilgan.

YeI Kengashidan qayd etishlaricha, shu tariqa, Suriya bo‘yicha sanksiyalar ro‘yxatiga kiruvchi shaxslar soni 255 kishiga yetdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid