Jahon | 15:32 / 17.07.2017
21397
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml Qodirovning yadro raketalari haqidagi so‘zlariga izoh berdi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning bayonotiga izoh berdi. Qodirov mamlakatga zarba berilsa, Moskva yadro raketalarini qo‘llashi mumkinligi haqida ma'lum qilgandi.

«Qodirovning intervyusiga keladigan bo‘lsak, rostini aytsam, gapdan uning ayrim so‘zlari juda ko‘p bora yulib olinadi. U yerda haqiqatdan ham juda keskin fikrlar bo‘lgandi, biroq, ularni butun bayonot ko‘rinishida ko‘rib chiqish lozim. Agarda, bu ro‘y bersa, hayratlanarli hech narsa aytilmaganiga guvoh bo‘lish mumkin», - deya Peskovning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Ramzon Qodirov yana AQShni ayblab chiqib, Rossiya tomonidan mamlakatga jiddiy zarba holatida yadro raketalarining avtomatik qo‘llanilishi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid