Checheniston rahbari Ramzon Qodirov o‘zining Telegram-kanalida Rossiya tomonidan mamlakatga jiddiy zarba holatida yadro raketalarining avtomatik qo‘llanilishi haqida o‘z bayonotiga izoh berdi.

«Bu shunchaki oddiy so‘zlar emas. Biz shunday qilamiz. Davlatimiz uchun hayotimizni berishga tayyormiz», - deya yozdi u.

Gap Checheniston rahbarining HBO telekanali bilan intervyuda qilgan bayonoti haqida bormoqda.

Avvalroq Ramzon Qodirov AQSh Rossiyaga qarshi siyosat olib borayotgani haqida ma'lum qilgandi.