Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya parlamenti mamlakatdagi favqulodda holatni yana uzaytirdi
Turkiya jumhuriyati parlamenti 17 iyul kuni to‘rtinchi marotaba mamlakatdagi favqulodda holat tartibini 90 kunga uzaytirdi. Bu tartib davlat to‘ntarishiga harbiy urinishdan so‘ng joriy qilingan edi, deb yozmoqda Hürriyet Daily News.
Mamlakat hukumati FH tartibini uzaytirish zaruratini terrorchilik tahdidlariga qarshi kurash bilan izohlamoqda. Nashrning qayd etishicha, gap AQShda yashiringan Fathulloh Gulen yetakchiligidagi FeTO tashkiloti haqida bormoqda.
17 iyul kuni Turkiya hukumati parlamentga favqulodda holat tartibini uzaytirish so‘rovini yuborgan edi. Ta'kidlanishicha, parlament qarori hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi deputatlari qo‘llab-quvvatlashi asosida qabul qilingan.
Turkiyada FH tartibi ilk marotaba 2016 yil 21 iyulda, harbiy isyondan 6 kun o‘tib joriy etilgan edi.
Mavzuga oid
11:34 / 19.02.2026
“Qizimizning jasadi topilsa, olib ketsak bo‘ldi” – Sayyoraning jasadi haligacha qidirilmoqda
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
23:23 / 12.02.2026
Turkiya va yadro quroli: geosiyosiy tahlil
23:06 / 12.02.2026