Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek olimlari buyumlarni lazer yordamida biriktirish uchun qurilma yaratishdi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti xodimlari tomonidan mashinalar detallarining turli hajmiy modellarini sifatni nazorat qilgan holda lazer yordamida qizdirib yuqori aniqlikdagi o‘lchamlarda biriktirish uchun qurilma yaratildi.
Qurilma tarkibiga bazaviy yuzaga ega bo‘lgan stanina, buyumni qavatma-qavat shakllantirish uchun taglik, lazer nurini buyum shakllantiriladigan texnik zonada fokuslash imkonini beradigan qilib, stanina tepasida joylashtirilgan lazer uzeli, lazer uzelining harakatini boshqarish bloki kiradi.
Kukunsimon materialni uzatish va zichlash vositasi tubi yo‘q bunker ko‘rinishida bajarilgan hamda staninaning bazaviy yuzasida gorizontal qaytma-ilgarilama harakatlanish va buyumning funksional qatlamini shakllantirish imkoniyati bilan o‘rnatilgan.
Ilhom Xusainov, Timurbek Usmanov, Vyacheslav Kim, Valeriy Kimlarga ushbu foydali model uchun tegishli patent topshirildi.
Mavzuga oid
02:25 / 13.10.2025
2025 yilning eng yaxshi ixtirolari e’lon qilindi
21:44 / 26.09.2025
NASA lazer yordamida xabarni 350 million km masofaga uzatdi va javob oldi
18:14 / 07.09.2025
O‘zbekistonda ixtiro qilingan surunkali alkogolizmni davolovchi vosita patentlandi
14:25 / 03.07.2025