Yashnobodda o‘g‘ri ayol ushlandi
2017 yilning 12 iyul kuni taxminan soat 08:30larda Yulduz Sulaymonova (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Yashnobod tumani hududida do‘konga kirish joyida qarovsiz qoldirilgan fuqaro Dilrabo Ismailovaga tegishli bo‘lgan sumkasi, uning ichidagi «SAMSUNG» rusumli uyali telefoni va boshqa narsalarini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
09:00 / 09.09.2024
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan shaxs ushlandi
18:20 / 24.08.2024
Toshkent viloyatida ichimlik suvidan noqnuniy foydalangan korxona rahbari 5 yilga qamaldi
21:49 / 16.08.2024