Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hillari Klintonning reytingi Trampnikidan ham yomon
Bloomberg agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, AQSh prezidenti lavozimiga Demokratik partiyadan sobiq nomzod Hillari Klintonning reytingi rekord darajada pastga sho‘ng‘idi.
Shu bilan birga, bu ko‘rsatkichlar AQSh prezidenti Donald Trampnikidan ham yomonroq. So‘rovda ishtirok etganlarning faqatgina 39 foizi Klintonni qo‘llab-quvvatlagan – bu prezident Trampnikidan 2 foizga past.
Ta'kidlanishicha, sobiq davlat kotibi mashhur shaxs edi, biroq yangi so‘rovga ko‘ra, u hattoki o‘tgan yilning noyabridagi saylovlarda o‘zi uchun ovoz bergan tarafdorlarini ham yo‘qotgan.
AQShning 42-prezidenti Bill Klintonning rafiqasi bir necha bora nutq bilan chiqish qilib, Trampni tvitterda ba'zi-ba'zida tanqid ostiga oldi, biroq saylovlardagi mag‘lubiyatdan so‘ng siyosiy arenadan uzoqlashdi.
Mavzuga oid
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
20:55 / 25.06.2026
O‘zbekiston bola huquqlari xalqaro reytingida 96-o‘rinni egalladi
08:30 / 24.06.2026