Jahon | 23:06 / 18.07.2017
8481
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo mamlakatlaridan birining fuqarosi 2019 yilda fazoga sayohat qiladi

Foto: NASA

2019 yilda Osiyo qit'asidagi mamlakatlardan birining fuqarosi Xalqaro kosmik stansiyasi ekipaji tarkibida fazoga ko‘tariladi. Bu haqda RIA Novostining xabariga ko‘ra, "Energiya" RKK bosh direktori Vladimir Solntsev ma'lum qildi.

"Yangi fazoviy sayyoh 2019 yilda XKSga uchadi. U tayyorgarlikdan o‘tmoqda. U Osiyo mamlakatlaridan birining fuqarosi", — deb qayd etgan Solntsev.

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, "Energiya" raketa –kosmik korporatsiyasi fazoviy sayyohlarni XKSga doimiy asosda yuborish amaliyotini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. 

"Biz fazoviy sayyohlarni tanlaydigan kompaniya bilan shartnoma imzolaganmiz. 2019 yilda bu amaliyotni doimiy asosda yo‘lga qo‘yish uchun sayyohlarga mo‘ljallangan birinchi fazo kemasini tayyorlaymiz", — degan "Energiya" RKK bosh direktori.

2001 yildan beri fazoga sayyohlik parvozlari uchun nomzodlarni Space Adventures kompaniyasi tanlab kelgan. Birinchi fazoviy sayyoh sifatida amerikalik tadbirkor Dennis Tito tarixda qoldi. U 2001 yili Rossiyaning "Soyuz TMA-32" fazo kemasida XKSga uchgan edi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid