Jahon | 18:01 / 19.07.2017
11520
1 daqiqa o‘qiladi

Boris Nemtsovning qotili chiqarilgan hukmdan norozi

Siyosatchi Boris Nemtsovning o‘ldirilishida ayblanib, hibsga olingan va sud qaroriga ko‘ra 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Zaur Dadayevning himoyasi vakillari sud hukmidan norozi bo‘lib shikoyat arizasini berishdi. Bu haqda advokat Mark Kaverzin xabar qildi, deya ma'lumot bergan «Moskva» yangiliklar agentligi.

«Bugun biz apellyatsiya shikoyat arizasini yubordik, bu sud yig‘ilishlari bayonnomalari bilan tanishib chiqqanimizdan so‘ng ro‘y berdi, hukmni qayta ko‘rib chiqish borasida shikoyat yo‘llaymiz», - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa mahkumlarning advokatlari 20 iyul kuni apellyatsiya shikoyatlarini yuborish niyatida.

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzon Qodirov siyosatchi Boris Nemtsovning o‘ldirilishi ishi bo‘yicha sud hukmini “g‘alati” deb hisoblashi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid