Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov siyosatçi Boris Nemtsovning öldirilişi işi böyiça sud hukmini “ğalati” deb hisoblaydi. Bu haqda respublika hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Moskva okrug harbiy sudining Boris Nemtsovning öldirilişi işi böyiça hukmi ğalati, ular aybni aniq tasdiqlovçi dalillar yöq bölişiga qaramay, 20 yillik qattiq rejimga mahkum etişdi”, - deya Qodirovning sözlarini keltiradi matbuot xizmati.

Şu bilan birga, Çeçeniston rahbari qayd etişiça, ayblov tomonining ayblanuvçilardan biriga umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosini tayinlaş böyiça iltimosini “umuman tuşunmagan”, sababi unga bunday jinoiy işlarda umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosi berilgani bilan boğliq holatlar ma'lum emas ekan.

Avvalroq Boris Nemtsovning öldirilişida ayblanayotgan Zaur Dadayev 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgani xabar qilingandi.