Gaz uchun ikki karra tarif qo‘llanmaydi
Norma.uz portali eksperti fuqarolarni o‘ylantirayotgan hisobga olish uskunalari bo‘lmagan iste'molchiga tabiiy gaz uchun tariflar haqidagi savolga javob berdi.
May oyida tabiiy gazni hisobga olish uskunalari bo‘lmagan iste'molchilar joriy yilning 1 oktabridan boshlab iste'mol qilingan gaz uchun tarif miqdorining ikki baravari bo‘yicha haq to‘lashlari kerakligi e'lon qilingandi. Bu Prezidentning 20.04.2017 yildagi PQ-2907-son “Gaz ta'minoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida mavjud edi.
Ma'lum sabablarga ko‘ra, bu yangilik ajiotaj keltirib chiqargandi. Hujjatda faqatgina hisoblagichlar “O‘ztransgaz” AK hisobidan xarid qilinishi va o‘rnatilishi ko‘rsatilgan edi. Kompaniya shuncha qisqa muddatda hisobga olish uskunalariga bo‘lgan aniq ehtiyojni aniqlash va uskunaga ega bo‘lmagan barchaga uni o‘rnatib berishga ulguradimi?
Biroq, davlat rahbarining 15.06.2017 yildagi PQ-3060-son qarori bilan tarif miqdorining ikki baravari bo‘yicha stavka to‘g‘risidagi norma bekor qilindi. Shu tariqa, hatto iste'molchida gaz hisoblagich bo‘lmagan taqdirda ham u keyinchalik oshiruvchi koeffitsiyentlarsiz tarif bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi.
Mavzuga oid
07:40
Surxondaryoda gaz quvuriga avtomobil urilishi oqibatida gaz ta’minotida uzilish yuz berdi
09:00 / 16.10.2024
Energetika bo‘yicha yevrokomissar: YeI RF gazisiz yashay oladi
08:50 / 12.10.2024
«2025 yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi» - bosh vazir o‘rinbosari
16:50 / 11.10.2024