Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ»da Neymar uchun 222 mln yevro yo‘q. Savdo ketmoqda
«PSJ» Neymarning transferi bo‘yicha «Barselona» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. RMC xabariga ko‘ra, parijliklar futbolchining narxini tushirmoqchi.
Xabarda aytilishicha, «PSJ» braziliyalik hujumchi uchun 222 million yevro to‘lashga tayyor emas, o‘z navbatida ular qancha berishga tayyorligi aniq aytilmagan.
Bundan avvalroq Braziliyadagi nashrlar Neymar «PSJ» taklifini qabul qilgani haqida ishonch bilan yozishgandi.
«Barselona» esa futbolchining ketishi haqidagi xabarlarni rad etmoqda.
Futbolchining katalonlar bilan amaldagi shartnomasi muddati 2021 yilgacha.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
16:40 / 06.07.2026
Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan xayrlashdi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
15:43 / 31.05.2026