Jamiyat | 10:49 / 19.07.2017
22043
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya hukumati "ochiq-sochiq" kiyimda sayr qilgan qizni hibsga oldi

Saudiya Arabistoni hukumati avvalroq Ushaykir qadimiy qishlog‘ida kalta yubkada sayr qilgan qizni qo‘lga oldi. U o‘zining sayri tasvirlangan videoni e'lon qilganidan so‘ng, hodisa jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.
 
Avvalroq Saudiya Arabistoni hukumati kalta yubkada yurgani tasvirlangan videorolikni e'lon qilgan qizga nisbatan surishtiruv o‘tkazishi haqida xabarlar tarqagandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarning aksariyati uni qo‘lga olishni talab qilishgan, sababi u qirollikda qiz bolalar uchun belgilab qo‘yilgan qoidalarni buzgan. Biroq, uni qo‘llab-quvvatlaganlar ham topildi.

Qiz Ar-Riyodda “nokamtar kiyim-kechak”ni kiyib yurgani uchun qo‘lga olindi. Mahalliy OAV ma'lumotiga ko‘ra, uning ishi shahar prokuroriga topshirilgan.

Mavzuga oid