Tramp Putin bilan «maxfiy» uchrashuviga oydinlik kiritdi
AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan G20 sammitidagi yana bir uchrashuvi haqidagi xabarlarga izoh berdi. OAVning taxminicha, bu maxfiy uchrashuv bo‘lgan.
«Putin bilan maxfiy kechki ovqat haqidagi yolg‘on xabar – dahshatli. G20’ning barcha yetakchilari hamda ularning rafiqalari Germaniya kansleri tomonidan taklif etilgan. Matbuot buni bilardi!» - deya yozdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «OAV feyk xabarlar bilan» tobora yolg‘onlar girdobiga tushib qolayotgan ekan.
«Germaniyada 20 nafar yetakchi uchun tashkil etilgan kechki ovqat ham dahshatli ko‘rinib ketmoqda!» - deya qayd etgan Tramp.
Avvalroq OAV Putin va Tramp G20’da «maxfiy» uchrashuv o‘tkazishganini xabar berdi. Keyinchalik Oq uy bu uchrashuv qisqa suhbatdan iborat bo‘lganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
11:10 / 04.11.2024
CNN: AQSh saylovlari Putinni Kiyev bilan muloqotga undamaydi
11:20 / 30.10.2024
OAV: Putinning soqchilari tasodifan uning harakatlanishini oshkor qilib qo‘ydi
10:40 / 30.10.2024
FT: Ramaposaning Putinni maqtashi JAR koalitsiyasini parchaladi
21:52 / 29.10.2024