Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ rahbari Donald Tramp Hamburgdagi G20 sammiti davomida yana bir, norasmiy uçraşuv ötkazişgan bölib, bu haqda xabar berilmadi, deb ma'lum qilmoqda Reuters Oq uydagi nomi oşkor etilmagan vakilga asosan.

The Hill ham davlatlar yetakçilarining ikkinçi uçraşuvi haqida yozgan. Eurasia Group xalqaro konsalting firmasi rahbari Ian Bremmerning sözlariga köra, Putin va Tramp rasmiy muzokaralardan söng, keçki ovqat ustida uçraşişgan.

Bremmerning aytişiça, Rossiya va AQŞ rahbarlari taxminan bir soat faqatgina Putinning tarjimoni bölgani holda suhbatlaşişgan. Eurasia Group rahbarining qöşimça qilişiça, Amerika tomonidan tarjimonning bölmagani milliy xavfsizlik böyiça bayonnomaning buzilişi sanaladi.

Biroq, prezidentlar muhokama qilgan masalalarga oydinlik kiritilmagan.