Jahon | 16:02 / 21.07.2017
6340
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh o‘z fuqarolariga Shimoliy Koreyaga borishni taqiqlab qo‘ymoqchi

Foto: Reuters

AQSh o‘z fuqarolariga Shimoliy Koreyaga borishni taqiqlab qo‘ymoqchi. Bu haqda BBC turistik operatorlar ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, taqiq haqida 27 iyul kuni rasman e'lon qilishadi, u 30 kun ichida kuchga kiradi.

Amerikalik vafot etgan talaba Otto Uormbir KXDRga borishda xizmatidan foydalangan Xitoyning Young Pioneer Tours turoperatori xodimining xabar berishicha, ma'lumot Shvetsiyaning Pxenyandagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan. Aynan ushbu davlat Shimoliy Koreyada Qo‘shma Shtatlarning ishini yuritadi. 

Ayni damda Shimoliy Koreya hududida qancha amerikalik bor ekani aniqlashtirilmoqda.

Mavzuga oid