Jamiyat | 09:26 / 21.07.2017
5039
1 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda 600 grammdan ortiq marixuana olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan viloyat giyohvandlikka qarshi kurash, shu kabi moddalar bilan noqonuniy savdo qilishning oldini olish borasida tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, 7 iyul kuni Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yangiyo‘l tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz M.A. Yangiyo‘l tumani T.Jo‘rabekov ko‘chasida gumonlanib tekshirilganda yonidan 607,8 gr. «marixuana» giyohvand moddasi olindi.

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid