Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi dam olish kunlari O‘zbekistonning ayrim tog‘li hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, 22 iyul kuni Chorvoq hududida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 3-8 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati kechasi 16-18oS, kunduzi 28-30 oS atrofida bo‘ladi.
Chimyonda esa ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 3-8 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati kechasi 16-18oS, kunduzi 27-29 oS atrofida kuzatiladi.
Qamchiq hududida shu kuni havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Shamol tezligi 3-8 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati kechasi 13-15 oS, kunduzi 23-25 oS atrofida bo‘ladi.
23 iyul kuni esa Chorvoqda kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq sodir bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 5-10 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati kechasi 16-18oS, kunduzi 28-30 oS atrofida bo‘ladi.
Chimyonda ham kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq sodir bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 16-18 oS, kunduzi 27-29 oS atrofida bo‘ladi.
Qamchiq hududida shu kuni havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Shamol tezligi 5-10 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati kechasi 13-15 oS, kunduzi 23-25 oS atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
14:05 / 13.06.2026