Guliston tumani Yoshlar ittifoqi raisi saylandi
Sirdaryo viloyati Guliston tuman hokimligida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Sherqo‘zi Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi tuman bo‘limining raisi etib saylandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yig‘ilishda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev so‘zga chiqdi.
U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 30 iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvdagi nutqidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta'minlash, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi.
Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev tuman markazidagi madaniyat va istirohat bog‘ining bugungi holati talabga javob bermasligini aytib, uni “Yoshlar bog‘i”ga aylantirish haqida taklif bildirdi. Viloyat hokimining bu tashabbusi tuman yoshlari tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi.
“Yoshlar bog‘i” yoshlarning chinakam dam oladigan, hordiq chiqaradigan maskaniga aylanadi. Bu yerda yoshlar uchun zarur bo‘lgan hamma narsa muhayyo qilinadi, aytaylik, kutubxona, qiroatxona ularning ixtiyorida bo‘ladi.
Xuddi shuningdek, tuman markazida sport majmuasi bunyod etiladi. Bu yerda ko‘plab sport to‘garaklari faoliyat yuritadi va u yoshlarni o‘z bag‘riga qamrab oladi. Viloyat hokimi tumanning bir guruh yosh tadbirkorlariga, yosh fermerlariga, ijtimoiy-iqtisodiy soha peshqadamlariga, sportchilarga viloyat hokimining esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Suhrob Maqsudov, tuman hokimi Abdumavlon Ibodullayev, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat bo‘limi raisi Shavkat Zayniddinovlar ham qatnashdi.
Mavzuga oid
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024
Sirdaryoda 2 yoshli bog‘cha bolasi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:00 / 07.09.2024
Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:10 / 06.09.2024