Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:19 / 21.07.2017
5976
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp AQShning Rossiya bo‘yicha maxsus prokurori faoliyatini tekshiruvdan o‘tkazadi
AQSh prezidenti Donald Trampning jamoasi Rossiya bo‘yicha maxsus prokuror Robert Myuller faoliyatini tekshiruvdan o‘tkazadi, deb xabar bermoqda The New York Times.
Ta'kidlanishicha, Trampning yordamchilari va huquqshunoslar Myuller AQSh Demokratik partiyasiga homiylik qilgani, shuningdek, uning FQB sobiq rahbari Jyeyms Komi bilan ehtimoliy aloqalarini aniqlash niyatidalar.
Shu bilan birga, Tramp ma'muriyati a'zolari prezidentga qarshi surishtiruv o‘tkazayotgan kishilarning manfaatlari ziddiyati masalasini ham ko‘rib chiqishadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish