Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda Gulen tarafdorlari qamaldi
Turkmaniston sud organlari Fathulloh Gulenning (FETÖ) tashkilotiga aloqador 40 ga yaqin kishini uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etdi (10 yildan 25 yilgacha). Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.
Agentlikning mahalliy manbalar ma'lumotiga asosan xabar qilishicha, Turkmanistonning turli tumanlarida iyul oyi davomida Gulenning tashkilotiga aloqador shaxslarning ishi bo‘yicha sud eshituvlari bo‘lib o‘tdi.
Qamalganlarning aksariyati – Gulenning o‘quv muassasalari bitiruvchilari ekani aytilmoqda. Ularning bir qismi esa tijoriy faoliyat bilan shug‘ullangan. FETÖ’ning ba'zi a'zolari mol-mulki ham musodara etilgan.
Agentlikning qayd etishicha, Turkmanistonda o‘tgan yili Gulenning tashkilotiga aloqador 150 insonga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Joriy yilning fevralida ularning 18 nafari qamoq jazosiga hukm qilindi.
Mavzuga oid
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026
Erondagi o‘zbekistonliklarga Turkmaniston orqali chiqishga ko‘maklashiladi
22:48 / 15.02.2026