Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik general: AQSh Suriyada qolish uchun qonuniy asoslarga ega emas
AQSh Suriyada qolish uchun qonuniy asosga ega emas, deya AQSh maxsus amaliyotlar qo‘mondonligi rahbari general Reymond Tomasning so‘zlarini keltiradi RIA «Novosti».
«Ruslar: «Nima uchun sizlar hali ham Suriyadasiz?» degan savolni berishiga oz qoldi. Ular bunga juda yaqin turibdi... Biz u yerga haqli ravishda kirdik, biroq ruslar bunday o‘yinni boshlasa, biz qolishni istasak ham, qola olmaymiz. Ular (Rossiya) buni qilishi mumkin», - degan Tomas.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh harbiylarining Suriyada qolishiga yagona asos – terrorizm bilan kurashdir.