Qatar amirining fikricha, mamlakat sanksiyalarga bardosh bera oldi
Qatar Arab mamlakatlari sanksiyalariga bardosh berib, uning oqibatlariga barham bera oldi. Jazo choralari amirlik hayotiga keskin ta'sir ko‘rsatmadi, deb hisoblamoqda Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad At Taniy.
"Qatarda hayot qamalga qaramay o‘z izida davom etmoqda", — degan amir to‘rt arab davlati bilan munosabatlarda inqiroz kuchayganidan keyingi ilk chiqishida. Uning telemurojaati "Al-Jazira" sun'iy telekanali orqali efirga uzatilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat qabul qilgan choralar sababli mamlakat aholisi o‘zgarishlarni sezishmagan ham.
Shayx Tamim bin Hamad At Taniyning fikricha, arab davlatlarining Qatarga qarshi tashviqoti avvaldan rejalashtirilgan bo‘lgan, biroq u muvaffaqiyat qozonmagan.
"Bu kampaniya avvaldan rejalashtirilgani yaqqol namoyon bo‘ldi. Uni rejalashtirib, amalga oshirganlar Qatar suverenitetiga qarshi ish qilishdi. Jahon hamjamiyati ko‘z o‘ngida Qatar obro‘siga zid bayonotlar berishdi", — dedi Qatar amiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning bu rejasi barbod bo‘lgan. Chunki, Qatarga qarshi o‘tkazilgan tashviqotga hech kim ishonmagan. "Shu boisdan ham o‘z fikriga ega bo‘lgan arab va ajam davlatlari Qatarni qamal qilishga shoshilishmadi", — degan at Tamim.
Uning qayd etishicha, G‘arbda hech kim Qatarning terrorizmni qo‘llab-quvvatlayotganiga doir ayblovlarga ishonmagan. "Bu ayblovlar faqat siyosiy maqsadlarga ega", — deya izohlagan amir.
Mavzuga oid
15:30 / 17.10.2024
YeI va Fors ko‘rfazi davlatlari Ukraina bo‘yicha bayonot berdi
17:35 / 16.10.2024
“Bu yerda talabaning yangi bilimlarni o‘zi xohlab o‘rganishi birinchi o‘rinda turadi” - Nyu-York universitetining o‘zbekistonlik talabasi
09:10 / 03.10.2024
O‘zbekistonliklar Qatarga ishga yuboriladi
10:40 / 13.09.2024