Toshkent viloyatida giyohvand moddalarni sotayotganlar qo‘lga olindi
17 iyul kuni Chirchiq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shahardagi AYoQShlardan birining oldida vaqtincha ishsiz I.X. 471,5 gr. «marixuana» giyohvand moddasini vaqtincha ishsiz A.X.ga 400 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Bekobod shahrida o‘tkazilgan shu kabi tezkor tadbir davomida shu shaharda istiqomat qiluvchi, vaqtincha ishsiz S.K. 12-daha hududida 20,4 gr. «marixuana» giyohvand moddasini 50.000 so‘m pul evaziga vaqtincha ishsiz V.K.ga sotayotgan vaqtida aniqlanib, ushlangan. Uning uyi gumonlanib tekshirilganda yana 45,2 gramm giyohvand modda daliliy ashyo sifatida olingan.
Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilishicha, yuqoridagi ikki holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
10:34 / 23.09.2024
Chirchiqda kanalga tushib ketgan “Spark” chiqarib olindi
12:43 / 06.09.2024
Bekobodda ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimi uchun 340 mln so‘m undirib berildi
18:36 / 13.08.2024
Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
07:37 / 13.07.2024