O‘zbekiston | 13:12 / 24.07.2017
12476
1 daqiqa o‘qiladi

Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni yubiley bilan tabrikladi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qilib, o‘zbekistonlik hamkasbini yubiley bilan tabrikladi.

Imomali Rahmonning ta'kidlashicha, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yetakchisi sifatida samarali harakat qilmoqda, o‘z mamlakati ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishi va O‘zbekistonning xalqaro obro‘si oshishini ta'minlamoqda, deb xabar berildi Tojikiston rahbarining matbuot xizmatidan.

Toshkent va Dushanbening ikki tomonlama munosabatlari barcha yo‘nalishlarda rivojlanishiga ishonch bildirildi.

Davlat rahbarlari ikki davlat munosabatlarini ikki xalq manfaati asosida rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi, deyiladi Tojikiston prezidenti matbuot xizmatining xabarida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid