Jamiyat | 09:17 / 24.07.2017
8759
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lanka harbiylari ochiq dengizga oqib ketgan fillarni qutqardi

Shri-Lanka harbiy-dengiz kuchlari ochiq dengizga oqib ketgan ikkita yosh filni qutqarish uchun 12 soatlik maxsus amaliyot o‘tkazdi. Bu haqda Daily Mail nashri shri-lankalik harbiylarga asoslangan holda yozmoqda. 

Hayvonlarni sohildan 1 km uzoqlikda, dengizda ko‘rib qolishgan. Taxminlarga ko‘ra, hayvonlar Kokkilay lagunasini kechib o‘tayotgan bo‘lishgan. 

Maxsus amaliyot chog‘ida g‘avvoslar fillarni arqonlar bilan bog‘lab, sohilga tortib keltirishgan va qo‘yib yuborishgan. Ularning sog‘lig‘iga hech narsa tahdid solmagan. 

Xabarlarga ko‘ra, bu so‘nggi vaqtlarda kuzatilayotgan ikkinchi hodisadir. 12 iyul kuni Shri-Lanka harbiylari ochiq dengizga oqib ketgan filni qutqarishgan edi. 

 

Mavzuga oid