Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Shimoliy Koreya yaqin kunlarda raketa uchirishi mumkin
Shimoliy Koreya navbatdagi raketa sinoviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. AQSh razvedkasi buning uchun zarur bo‘lgan qurilmaning tashilishini Kuson shahrida qayd qilgan. Aynan shu shaharda Pxenyan 14 may kuni ballistik raketa uchirgan start maydonchasi joylashgan.
Avvalgi holatlarda texnikaning yetkazilishi bilan sinov o‘tkazilishi orasidagi vaqt 6 kundan ko‘p bo‘lmagan. Bunday ma'lumotni Pentagonga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali tarqatdi. AQSh fikricha, Pxenyan navbatdagi raketa uchirishni 27 iyulda Shimoliy Koreyada Koreya urushi yakunlangani sharafiga o‘tkaziladigan milliy bayramga bag‘ishlashi mumkin.
4 iyulda Shimoliy Koreya markaziy televideniyesi "Xvason-14" qit'alararo ballistik raketasi ilk marta muvaffaqiyatli uchirilgani haqida ma'lum qilgandi. O‘shanda Vashington Shimoliy Koreya tomondan tahdid kuchayganini aytgan va bunga qarshi "global harakatlar"ni talab qilgan.
Mavzuga oid
08:36 / 02.07.2026
Rossiyaning dron va raketa hujumlari iyun oyida qisqardi
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
09:03 / 27.05.2026