Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda muqaddam sudlangan qiz yana jinoyatga qo‘l urdi
2017 yilning 21 iyul kuni taxminan soat 19:00larda muqaddam sudlangan Ruxsora Gulyamova (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Shayxontohur tumani hududida fuqaro Shahzod Adiljonovga tegishli “Spark” rusumli avtomashina eshigi ochiqligidan foydalanib, uning salonidan 700.000 so‘m pul va ikki dona plastik kartalarini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni xavfli retsidivist tomonidan, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
09:37 / 08.12.2025