Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda zararli termitlarga qarshi tadbirlar o‘tkazilmoqda
Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan joylarda zararli termitlarga qarshi kurashish va zararini kamaytirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2017 yilning 14-21 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatlarida mutasaddi xizmatlar hamkorligida aholi xonadonlarining termit bilan zararlanganlik holatini o‘rganish, zararlangan xonadonlarga zaharli yem-xo‘raklar o‘rnatish, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy va madaniy me'ros obektlarida termit tarqalishining oldini olish hamda zararini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ushbu tadbirlar mobaynida 589 ta aholi xonadonlari va 58 ta iqtisodiy-ijtimoiy, 11 ta madaniy va tarixiy obektlarda kimyoviy ishlov berish ishlari olib borilib, 1257 ta zaharli yem-xo‘raklar o‘rnatildi, 11 430 m2 termit tarqalgan dala va maydonlarda zararsizlantirish ishlari amalga oshirildi.
Mavzuga oid
14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi
08:10 / 17.09.2024
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
13:48 / 17.05.2023
O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar alohida, birinchi va ikkinchi toifalarga bo‘linadi
12:38 / 11.04.2023