Jamiyat | 18:23 / 29.07.2017
5816
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik tilshunos olima Malayziyadagi xalqaro tanlovda sovrinli o‘rinni oldi

Malayziyada Malay tilida notiqlik san'ati bo‘yicha Bosh vazir kubogi-2017 xalqaro notiqlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Malayziya Oliy ta'lim vazirligi va qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan PABM 2017 tanlovida 35 davlatdan 53 nafar ishtirokchi kuch sinashdi. Unda Xalqaro yo‘nalishda ishtirok etgan Rimajon Sotlilova Malay tilining O‘zbekistondagi o‘rni nomli nutqi bilan uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. 

Mazkur yo‘nalishda Ta'lim tizimini yangilash, Iqtisodiy muammolarni hal etish mavzularida nutq qilgan xitoylik MaXiao ikkinchi o‘rinni egallagan. 

Unda Yaponiya, Afg‘oniston va Malayziya vakillari o‘z yo‘nalishlarida birinchi o‘rinni olishdi. 

Yaponiyalik Lisa Shimazaki “Til faqat muloqot vositasi emas”, mavzusida nutq qilib xalqaro yo‘nalishning bosh sovriniga munosib ko‘rildi. 

Malayziyalik Noor Haqim Noor Hamidon mahalliy notiqlar orasidabirinchi o‘rinni olgan bo‘lsa, afg‘onistonlik talaba Abdul Matin xorijiy talabalar yo‘nalishida birinchi bo‘lgan. 

Birinchi o‘rinni olganlar 20 ming Malayziya ringgiti (5000 AQSh dollari), ikkinchi o‘ringa 12 ming (3 000 dollar) va uchinchi o‘rin sohiblariga 8 ming ringgit (2000 dollar) mukofot puli va esdalik sovg‘alari topshirilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid