Adliya vaziri Saudiya Arabistoni elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

28 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Muzraf Ikramov Saudiya Arabistonining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Hisham ibn Mishal bin Suvaylim Ol Suvaylim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ikramov O‘zbekiston tomoni Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan har tomonlama va uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatishga katta e'tibor qaratilganligini ta'kidlab, davlatlar o‘rtasidagi siyosiy-huquqiy va madaniy aloqalar nafaqat bugungi kunda balki tarixdan chuqur ildiz olganligi haqida gapirib o‘tgan.
Muzraf Ikromov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Saudiya Arabistoni Podshohligi Adliya vazirligi o‘rtasida imzolanishi rejalashtirilgan anglashuv Memorandumi haqida gapirib o‘tdi.
Jumladan, ushbu Memorandum kelajakda ikki mamlakatning huquqiy sohasidagi o‘zaro hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishiga, ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamdo‘stlik aloqalarini o‘rnatilishiga huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlandi.
O‘z navbatida elchi Hisham Ol Suvaylim tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan o‘z minnatdorchiligini bildirib, Saudiya Arabistoni O‘zbekiston Respublikasi bilan barcha sohalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta'kidladi. Bunga yaqqol misol sifatida Adliya vaziri tomonidan ta'kidlangan ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlikni keltirish mumkin deb gapirib o‘tdi.
Elchi O‘zbekiston Respublikasi Saudiya Arabistoni Podshohligining eng yaqin hamkori ekanligini ta'kidlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borayotgan islohotlari Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini bildirib o‘tdi.
Mavzuga oid

15:42 / 24.11.2020
Qirg‘izistonda mamlakat nomini o‘zgartirish taklif etildi

00:15 / 09.09.2020
Parlamentda Adliya vaziri vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasini taqdim qildi

16:47 / 26.05.2020
Muzraf Ikramov Adliya vazirligiga qaytdi

15:16 / 17.10.2019