Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yuqoridagi qonun loyihasini Qonunçilik palatasida birinçi öqişda ma'ruza bilan sözga çiqdi.

Adliya vaziri öz ma'ruzasida bugungi kundagi qonunçilik ahvoli yuzasidan ayrim masalalarga töxtalib ötib, huquq nazariyasi va qonunçilik amaliyotining uzoq yillik tarixida şakllangan “qonun hujjatlari” va “qonun” kabi alohida fundamental tuşunçalar milliy qonunçiligimizda yillar davomida bir xil ma'noni anglatuvçi tuşunçalar sifatida qöllanib kelinganligini ta'kidladi.

Mazkur amaliyotga çek qöyiş maqsadida qonun hujjatlarida “qonunçilik”, “qonunçilik hujjati” va “qonun hujjati” kabi tuşunçalarni umum'etirof etilgan mazmuni va ma'nosiga köra bayon etiş taklif etilmoqda.

Uşbu qonun loyihasi bilan  Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 5 ta Konstitutsiyaviy qonunlari, 19 ta kodeksi va 278 ta qonuniga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş taklif etilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinişi kelgusida qonunçilik amaliyotini töğri yölga qöyib, uşbu tuşunçalarni qöllaş yuzasidan tuşunmovçiliklar

va turli xil talqinlarning oldini oladi.

Qonun loyihasi “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida” yangi tahrirda işlab çiqilgan qonun loyihasi bilan birga körib çiqiladi.