Muzraf Mubarakxöjayeviç Ikramov 1973 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, ma'lumoti oliy, 1995 yilda Toşkent davlat yuridik institutini (kunduzgi), 2007 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqşunos. 

U öz mehnat faoliyatini 1995 yilda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi iqtisodiy islohot böyiça qonunçilik va me'yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlaş va huquqiy ekspertiza qiliş boşqarmasi katta maslahatçisi lavozimidan boşlagan.

2012—2015-yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş xizmatining Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qiliş böyiça şö'ba mudiri, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatgan.

2015 yilning fevralidan Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri bölgan, 2017 yilning avgustidan 2019 yil martigaça Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimida işlagan. 

2019 yildan Qaşqadaryo viloyat adliya boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Bugun Qaşqadaryo viloyati hokimligida uni yangi lavozimga kuzatiş marosimi bölib ötgan.

Foto: Qaşqadaryo viloyati hokimligi