Toşkent şahrida «English Law Day in Tashkent» («Toşkentda ingliz huquqi») xalqaro konferensiyasi bölib ötmoqda.

Tadbirda sözga çiqqan Adliya vaziri Ruslan Davletov xorijlik huquq vakillariga advokatura sohasida olib borilayotgan özgarişlar haqida ma'lumot berdi.

«Köp advokatlar tomonidan davlat organlari ularning faoliyatiga aralaşişi böyiça şikoyatlar bölgan. Köp şikoyatlar örinli ham bölgan. Ötgan yili Adliya vazirligi advokatura sohasida köplab vakolatlaridan voz keçdi. Bulardan misol qilib, advokat litsenziyasini bekor qilişdir. Bu huquqni biz sudlarga berdik. Jarayon yanada murakkablaşdi. Avvalari Adliya vazirligining hududiy boşqarmalari ham şunday vakolatga ega edi. Ayni vaqtda bu Oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida oçiq sud majlisida taşkil etiladi», – deya Adliya vazirining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazir öz çiqişida advokatlar va huquqiy konsultatsiya sohalari ikki tarmoqqa ajratilgani haqida alohida töxtalib ötdi.

«Huquqiy konsultatsiya beriş borasida litsenziya tartibi bekor qilindi. Endi konsultatsiya berişda litsenziya olinişi şart emas, Adliya vazirligidan röyxatdan ötiş kifoya. Buning uçun minimal talablar qöyilgan. Bu işlar darrov samarasini berdi. Xitoy, AQŞ, Rossiya yuridik kompaniyalari öz ofislarini oçişdi. Misol qilib, Duan & Duan, Yingke, White and Case, Dentons kabi xalqaro yuridik kompaniyalarni aytiş mumkin.

Biz ingliz döstlarimizni ham Özbekistonda öz vakolatxonasini oçişga çorlab qolamiz. Özbekiston oçilişda davom etmoqda. Soha böyiça mamlakatda katta salohiyat mavjud», – deydi vazir.