Jahon | 12:18 / 01.08.2017
3280
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada Suriya bo‘yicha 6-uchrashuv avgust o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada Suriya bo‘yicha oltinchi uchrashuv 14-15 avgust kunlariga rejalashtirilgan. Bu haqda «Interfaks» diplomatik doiralardagi manbaga asosan xabar bermoqda.

«Ostonada navbatdagi muzokaralar belgilangan muddatdan avval o‘tkazilishi mumkin. Taxminiy muddat – 14-15 avgust», - deya xabar bergan manba.

Ostonada avvalgi uchrashuv 4-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tgandi. Unda Suriya qurolli muxolifati vakillari ham ishtirok etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid