Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senati FQBning yangi direktori nomzodini tasdiqladi
AQSh kongressi yuqori palatasi Kristofer Rey nomzodini Federal qidiruvlar byurosi rahbari lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Uning nomzodiga 92 senator ovoz bergan, besh nafari qarshi chiqqan, ular orasida demokratlar Kirsten Jillibrand, Elizabet Uorren, Ron Uayden, Ed Marki va Jyeff Merkli bor.
Kristofer Rey kichik Jorj Bush prezidentligi vaqtida AQSh bosh prokurori o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp may oyida FQB rahbari Jyeyms Komini o‘z lavozimidan ozod etdi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026