Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh 2018 yilda NATO doirasida 11 ta yirik mashg‘ulot o‘tkazadi
Yevropadagi mashg‘ulotlarda AQSh kuchlariga qo‘mondonlik qiluvchi general Jon Xili Vashington 2018 yilda NATO doirasida 11 ta yirik ko‘lamli mashg‘ulot o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Bu haqda “Reyter” axborot agentiligi xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlar Islandiya, Buyuk Britaniya, Boltiqbo‘yida va ehtimol, Finlyandiyada bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulotlarda harbiy-havo kuchlari, flot va quruqlikdagi qo‘shinlar birgalikda ishtirok etadi.
Xilining aytishicha, Vashington 2020 moliyaviy yilgacha mamlakat qurolli kuchlari yer, havo, suv, koinot va kiberhududdagi hujumlarni bir vaqtda qaytarishga tayyor bo‘lishi uchun AQShning barcha 9 ta tezkor jangovar qo‘mondonligi ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazishni tashkillashtirishga intilmoqda.
Generalning aytishicha, 2017 yil yozida Yevropa hududidagi mashg‘ulotlarda AQSh va uning ittifoqdoshlarining 40 mingdan harbiysi ishtirok etgan. U xavfsizlik nuqtai nazaridan Yevropaning diqqat markazi Rossiya bo‘lib qolayotganini ta'kidlab o‘tgan. Jumladan, yevropalik amaldorlar 14-20 sentabrda bo‘lib o‘tadigan Belarus va Rossiya ishtirokidagi «”G‘arb-2017” mashg‘ulotlari ortidan sinchkovlik bilan kuzatmoqdalar.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026