Sport | 23:09 / 03.08.2017
8531
2 daqiqa o‘qiladi

Manba: Neymar «PSJ» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi

Jurnalistlar Neymar «PSJ» bilan 5 yillik shartnoma imzolab bo‘lgani, u ayni vaqtda Parij yo‘lida ekani haqida yozishmoqda.

RMC Sport muxbiri Muhammad Buhafsi Neymar allaqachon «PSJ» futbolchisiga aylangani haqida yozmoqda.

«Neymar endi parijlik! U Barselonada «PSJ» rahbariyati vakillari bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi! U «Amen»ga qarshi o‘ynamoqchi!» – deya yozgan insayder.

Shuningdek, jurnalist Loik Tanzi ham Neymar yangi klubi bilan shartnomaga imzo chekib bo‘lgani, hozirda Parij tomon yo‘l olgani haqida yozmoqda.

Biroz oldinroq, «Barselona» Neymar uchun shartnomada ko‘rsatilgan 222 million yevroni qabul qilgani va endi u o‘z futbolchisi emasligini rasman ma'lum qilgandi.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, Neymarning Parij klubidagi yillik maoshi miqdori 30 million yevroni tashkil etadi.

«PSJ» shanba kuni chempionatning 1-turi doirasida «Amen»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid