Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela TIV rahbari yozning o‘zida ikkinchi marta o‘zgardi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro joriy yilning yozida mamlakat tashqi ishlar vazirligiga ikkinchi marotaba yangi rahbar tayinladi, deb xabar bermoqda El Nacional.
Yaqinda ushbu lavozimga tayinlangan Samuel Monkada o‘rnini endilikda Xorxe Arreasa egallaydi.

Monkada 2017 yilning iyunida milliy ta'sis yig‘ilishiga nomzod bo‘lgan Delsi Rodriges o‘rniga Venesuela tashqi ishlar vaziri bo‘lgandi.
Xorxe Arreasa esa bundan avval tog‘-kon sanoatining ekologik rivojlanish bo‘yicha vazir lavozimini egallagan. Shuningdek, Arreasa o‘z faoliyati davomida vitse-prezident, Venesuela ta'lim vaziri va ilm-fan vaziri sifatida ham ishlagan.
Avvalroq Kuba Venesuelaga qarshi xalqaro amaliyot boshlanganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026